PHP asosida Telegram botlar, to‘lovlarni avtomatik kuzatuvchi tizimlar va veb admin panellar quramiz. G‘oyadan production’gacha — o‘z jamoamiz bilan.
NISHON jamoasi PHP’da Telegram botlar va veb tizimlar quradi — bank SMS’larini avtomatik o‘qib to‘lovlarni kuzatishdan tortib, kino arxivi yoki mahsulot katalogigacha. Har bir loyihada JSON asosidagi yengil ma’lumotlar bazasi, xavfsiz webhook tekshiruvi va toza admin panel — asosiy prinsiplarimiz.
ISP Manager kabi cheklovli hosting muhitlarida ham barqaror ishlaydigan kod yozishga o‘rgangan jamoamiz bor — bu degani, har bir loyiha real serverda, real foydalanuvchilar bilan sinaladi.
Buyurtma, to‘lov, kontent yoki xabar boshqaruvchi botlar — inline tugmalar, ko‘p bosqichli suhbat va admin buyruqlari bilan.
Statistikani ko‘rish, foydalanuvchilarni boshqarish va broadcast yuborish uchun toza, tezkor veb interfeyslar.
Tashqi servislar — to‘lov tizimlari, ma’lumot bazalari, video yoki matn API’lari bilan ishonchli ulanish.
Bank SMS xabarlarini avtomatik o‘qib to‘lovlarni kuzatuvchi, eslatmalar yuboruvchi va admin paneli bo‘lgan ko‘p fayldan iborat tizim.
Football-data.org API orqali jonli natijalar, o‘yin oldidan eslatmalar va ko‘p adminli boshqaruv paneli.
Reyting, sevimlilar, ko‘rish tarixi va qidiruv bilan kino kutubxonasi — alohida foydalanuvchi va admin Mini App interfeysi.
YouTube Data API v3 orqali resumable chunk’lab video yuklovchi, OAuth 2.0 va tokenni avtomatik yangilovchi bot.
GSMArena’dan ma’lumot yig‘uvchi, inline qidiruv va kanalga majburiy obuna bilan ishlaydigan ko‘p fayldan iborat bot.
Ish vaqtini hisobga oluvchi qo‘llab-quvvatlash boti va tarix bilan QR-kod generator bot — ikkalasi ham ko‘p tilli.
Bot yoki tizimning aniq vazifasini va foydalanuvchi oqimini belgilaymiz.
Fayl tuzilmasi, ma’lumotlar bazasi va webhook mantig‘ini loyihalaymiz.
Bosqichma-bosqich yozamiz, har bir funksiyani real serverda sinaymiz.
Hostingga joylashtirib, admin panel orqali topshiramiz.
Bot yoki veb tizim g‘oyangiz bo‘lsa, yozing — imkon qadar tez javob beramiz.